Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farzandi xususiy maktabda o‘qiydigan ota-onalar yiliga 6–7 mln so‘m tejashi mumkin

Farzandi xususiy maktabda o‘qiydigan ota-onalar yiliga 6–7 mln so‘m tejashi mumkin

O‘zbekistonda farzandini xususiy maktab yoki bog‘chaga bergan ota-onalar uchun daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz kengaytiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvda soliqdan ozod qilinadigan ta’lim xarajatlari limitini oyiga 3 million so‘mdan 6 million so‘mga oshirish rejasini ma’lum qildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi tartib oilalarga bir yilda taxminan 6–7 million so‘m mablag‘ni tejash imkonini berishi mumkin.

Bundan tashqari, imtiyozdan foydalanish jarayonini soddalashtirish ko‘zda tutilgan. Soliq organlari tegishli to‘lovlarni har oy yakunida avtomatik ravishda qaytarib berish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Amaldagi tartibda ota-onaning farzandi uchun nodavlat maktab yoki bog‘chaga yo‘naltirgan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan. Bu imtiyoz 2022 yilda Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar asosida amal qilib kelmoqda.

Hozirda imtiyozdan ikki usulda foydalanish mumkin: ish beruvchi orqali ta’lim uchun to‘lovni maoshdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirish yoki avval to‘langan daromad solig‘ini keyinchalik qaytarib olish.

Yangi mexanizm ishga tushgach, bu jarayonda ota-onalarning alohida murojaat qilishiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 16:10 30.09.2026. O'qildi: 3080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!