Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

5 kunlik farzandini 5 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi

A A A
5 kunlik farzandini 5 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi

Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan B.Atayeva (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) tengdosh dugonalari kabi oydek kelin bo‘lish o‘rniga yengil hayotni ustun qo‘ydi, buning oqibatida ota-ona ham uning yurish-turishini o‘z nazoratidan chiqarib yuborishdi, uyidan chiqib ketib, ko‘cha-kuyda yigitlar bilan ishqiy munosabatlarga kirishib ketdi, tabiyki u homilador bo‘lib qoldi. 2021 yil 8 oktyabrda B.Atayeva qiz farzand ko‘rib, unga “Ro‘zixon” ism qo‘yishib, shu farzandini sotish niyati paydo bo‘ldi, tanish-bilishlaridan so‘rab-surishtirib, “Ro‘zixon”gi sotib yuborishni rejalashtirib, “xaridor” topishga kirishdi.

Shundan so‘ng, 2021 yil 13 oktyabr kuni soat 1100-larda Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston shahar, “Namuna” mahallasida joylashgan “Nikoh uyi” ro‘parasidagi avtoturargohda B.Atayeva o‘zining 2021 yil 08 oktyabr kuni tug‘ilgan, go‘dak farzandi “Ro‘zixon”ni tezkor tadbirga “haridor” sifatida jalb etilgan Sirdaryo viloyati IIB xodimiga 5.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, bolani unga topshirib, IIB xodimidan oldindan kelishilgan, maxsus kimyoviy ishlov berilgan 5.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Onalik mas’uliyatidan qochgan B.Atayeva sudning qora kursisida o‘tirib, himoyasiga, qilmishidan pushaymonligini, moddiy tomondan qiynalib qolganligini, farzandini o‘stirishga imkoni yo‘qligini, hozir chaqaloq sog‘lom, juda yaxshi o‘sayotganini qayta-qayta kabi gaplarni takrorladi, sud barcha holatlarni o‘rganib chiqib, B.Atayevaga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi va odam savdosi qurboni bo‘lgan go‘dak vasiylik organlariga topshirildi.

Kiritildi: 17:35 29.12.2021. O'qildi: 2387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!