Deyarli 450 ming falastinlik G‘azo sektori avvalroq Isroil harbiylari tomonidan «xavfsiz zonalar» deb e’lon qilingan hududlarni tark etishga majbur.
Bu haqda fuqarolik mudofaasi boshqarmasining G‘azo sektoridagi vakili Mahmud Basal ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Isroil Xon Yunus shahrining sharqiy va markaziy qismlari aholisini, shuningdek, Dayr al-Baloh shaharlari, Al-Mag‘ozi va Az-Zuvayda hududlarida boshpana topgan falastinliklarni evakuasiya qilishni rejalashtirmoqda.
«Bu gumanitar vaziyatni yanada yomonlashtiradi», - deya ogohlantirdi u.
Mahmud Basal «zo‘ravonlik va ochlik bilan qo‘rqitish» orqali majburan ko‘chirish xalqaro huquqqa zid ekanligini eslatdi.
Uning ta’kidlashicha, isroillik harbiylar Xon Yunus va markaziy G‘azo mintaqasidagi qochqinlar lagerlarida yashovchi falastinliklarni bir necha bor ko‘chirdi.
Basal BMT va Xalqaro Sudni «Isroilga G‘azo sektoridagi falastinliklarni ko‘chirish siyosatini to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga» chaqirdi.
Bir kun avval Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichai Adrai Megazi hududining bir necha qismlarini, shuningdek, G‘azo sektorining markaziy qismidagi Faruk va Amal hududlarini evakuasiya qilishga chaqirdi.
G‘azo sektori aholisining 90 foizi Isroil armiyasining hujumlari tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ko‘plab falastinliklar vaqtinchalik chodirlarda o‘tirishga majbur.