Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyasi xarajatlari 45,1 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda CNN Pentagonning Kongressga taqdim etgan ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.



Pentagon hisob-kitobiga ko‘ra, 3 sentyabr holatiga harbiy operasiyalarning asosiy xarajatlari 43,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunga qo‘shimcha ravishda yoqilg‘i uchun 1,5 mlrd dollar sarflangan.



Yangi hisob-kitob avvalgi baholardan ham yuqori. Pentagon iyul oyida operasiya xarajatlarini 37,5 mlrd dollar deb baholagan edi. Kongressning Byudjet idorasi esa 1 avgust holatiga xarajatlarni 38 mlrd dollar deb hisoblagan.

Kiritildi: 18:37 19.09.2026. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!