44 kunlik urush davomida o‘g‘irlangan qurol va o‘q-dorilarning bir qismi Armaniston poytaxti Yerevanda topildi.
Bu haqda Shamshyan.com xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Armaniston Ichki ishlar vazirligi Jamoat polisiyasi bosh boshqarmasining Malatya bo‘limiga fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda qurol va o‘q-dorilar saqlanganligi haqida ma’lumot kelib tushgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 44 kunlik urushdan so‘ng front chizig‘iga tutash hududga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazilgan, so‘ngra ular suv ta’minoti yaqinidagi hududga yashirilgan. Radiusi 1,5 km bo‘lgan hududda polisiyachilar ko‘p miqdorda qurol va o‘q-dorilarni topdilar.
Musodara qilingan ashyolar orasida 9 ta to‘pponcha, 9 ta miltiq, 1 ta pulemyot, 1086 ta turli kalibrli o‘qlar, 21 ta granata, 11 ta portlovchi moddalar, shuningdek, boshqa turdagi qurol va o‘q-dorilar bor.
Mazkur holat yuzasidan Malatiya-Sebastiya ma’muriy hududi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.