Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

41 yoshli Ronaldu kelajagi bo‘yicha muhim bayonot berdi

41 yoshli Ronaldu kelajagi bo‘yicha muhim bayonot berdi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi "Al-Hazm"ga qarshi o‘yindan (4:0) so‘ng intervyu berdi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuvda dubl qayd etdi va bahsning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. O‘yindan so‘ng yulduz hujumchi o‘z kelajagi haqida gapirib o‘tdi.

"Ko‘p marta aytganimdek, mening kelajagim Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq. Men bu yerda baxtliman va qolishni istayman", — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "Al Nassr Zone".

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Ronaldu klub rahbariyatining ishidan norozi bo‘lib, jamoa o‘yinlariga boykot e’lon qilgan edi. Keyinchalik Krishtianu maydonga qaytdi va ketish niyatida ekanligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.

Kiritildi: Bugun 13:23. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!