Payshanba kuni JCH-2026 saralashi doirasida Irlandiya va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritdi:
Diogu Koshta, Kanselu, Inasiu, Diash, Dalot, Vitinya, Joau Nevesh, Ruben Nevesh, Bernardu Silva, Feliks, Ronaldu.
Ko‘rib turganimizdek, 40 yoshli Ronaldu ilk daqiqalardan maydonga tushadi.
Irlandiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.