Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

40 yoshli Ronaldu faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi

40 yoshli Ronaldu faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi

Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» hujumchisi, 40 yoshli Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga javob berdi.

«Yaqin orada. Ammo bunga tayyor bo‘laman, deb o‘ylayman. Ha, bu og‘ir bo‘ladi, oson emas. Men yig‘laymanmi? Ha. Men his-tuyg‘ularimni yashirmayman, rostgo‘yman. Bu juda qiyin bo‘ladi, lekin men bu kelajakka 25–26 yoshimdan tayyorgarlik ko‘ra boshlagandim», — dedi Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida 40 yoshli Ronaldu Saudiyaning «An-Nasr» klubi bilan shartnomasini 2027 yil yozigacha uzaytirgan edi. Bu mavsumda portugaliyalik yulduz barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 22:18 04.11.2025. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!