Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

4 davlat “Evrovideniye — 2026” qo‘shiqlar tanlovini boykot qilishga qaror qildi

4 davlat “Evrovideniye — 2026” qo‘shiqlar tanlovini boykot qilishga qaror qildi

Ispaniya, Niderlandiya, Irlandiya va Sloveniya Isroilning ishtiroki tufayli “Evrovideniye — 2026” qo‘shiqlar tanlovini boykot qilishga qaror qildi — Reuters.

Shveysariyaning Jeneva shahrida “EvrovideniYE” tanlovining tashkilotchisi bo‘lgan Yevropa efir uzatuvchilar ittifoqi a’zolarining bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Ispaniya, Niderlandiya, Irlandiya va Sloveniya Isroilning “EvrovideniYE”da ishtiroki masalasida yashirin ovoz berish o‘tkazishni talab qildi va agar Isroilning qatnashishiga bevocita ruxsat berilsa, tanlovni boykot bilan tahdid qildi.

Reuters'ning qayd etishicha, bu masala tanlov ishtirokchilari orasida kelishmovchilikka sabab bo‘lgan. Xususan, tanlovning asosiy homiylaridan biri bo‘lgan Germaniya Isroilga ruxsat berilmasa, tanlovda qatnashmasligini bildirgan.

Natijada Yevropa efir uzatuvchilari ittifoqi bu masalada ovoz berish o‘tkazishdan bosh tortdi.

Kiritildi: Bugun 10:49. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!