Sana munosabati bilan soha xodimlarini jamoat va davlat xavfsizligini ta’minlash, aholini turli xil tahdidlardan, jinoiy va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish, o‘ta muhim toifalangan davlat va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qo‘riqlash borasidagi vazifalarni bajarishda va millat manfaatlarini himoyasida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Kechani kecha, kunduzni kunduz demay sidqidildan mehnat qilayotgan barcha fidoyi xodimlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz.