Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

36 yoshli ayol afrikalik sevgilisini topib, undan homilador bo‘lish uchun uyini sotmoqchi

36 yoshli ayol afrikalik sevgilisini topib, undan homilador bo‘lish uchun uyini sotmoqchi

Sibirning Tatarsk shahrida yashovchi 36 yoshli Liliya Zobkova Jazoirda yashaydigan sevgilisi bilan uchrashish va undan homilador bo‘lish uchun pul yig‘ishga qaror qildi. Buning uchun u uyini sotishga tayyor.

Voyaga etmagan bolalarini tarbiyalayotgan ayol ijtimoiy tarmoqlardan birida 34 yoshli afrikalikni uchratdi. Bir muncha vaqt o‘tgach, erkak Tatarskka keldi, keyin ular ish qidirish uchun Novosibirskka ko‘chib o‘tdi. Jazoirlik noqonuniy ravishda qurilish maydonchasida ishlagan.

Tekshiruvlardan birida esa erkak hibsga olingan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Mamlakatda bo‘lish rejimini buzganligi uchun unga besh yil davomida Rossiya hududiga kirish taqiqlandi.

Endi rossiyalik ayol o‘ziga xos reja tuzdi. U Jazoirga borishni, u yerda sevgilisi bilan nikohni ro‘yxatdan o‘tkazishni, homilador bo‘lib, Rossiyaga qaytishni rejalashtirmoqda. Ayol safarni uyni sotishdan tushgan mablag‘ bilan moliyalashtirmoqchi – jazoirlik erkakdan farzand ko‘rish uchu uyini qurbon qilishga tayyor.

“Unga besh yil Rossiyaga kirishni taqiqlashdi. Ammo agar men undan homilador bo‘lsam, vaziyat o‘zgaradi. Unga qarshilik qilishmaydi", deb hisoblamoqda ayol.

 

Kiritildi: 09:51 17.01.2020. O'qildi: 4993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!