Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

36 marta qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi avtomashinasini yashirganligi ma’lum bo‘ldi

36 marta qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi avtomashinasini yashirganligi ma’lum bo‘ldi

Eng qizig‘i, haydovchi ayrim hollarda bir kunda 3-4 marta ham jarimaga tushgan.

Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish har bir haydovchining burchi hisoblansa-da, ayrimlar bundan "boshqacha" tushunchada ekan.

Tezlikni me’yoridan oshirish, yo‘l belgilariga amal qilmaslik, svetoforda to‘xtamaslik, yo‘lovchilarga yo‘l bermaslik. Eng qizig‘i, haydovchi ayrim hollarda bir kunda 3-4 marta ham jarimaga tushgan va jarimalar soni 36 taga yetagan.
Ajablanarli-si, haydovchi F.K "hech kim bilmaydi, yoki ko‘rmaydi" deb transport vositasini yashirib qo‘yganligi aniqlangan.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida jarimasi bor avtomashina topildi.

Hozirda transport vositasi jarima maydonchasida. Haydovchi umumiy jarimalar miqdori, ya’ni 15 mln. so‘mdan ortiqni to‘lashi lozim. Aks holda avtotransport vositasi qarzdorlik evaziga auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.

Kiritildi: 11:40 16.07.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!