Bugun 12 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

31 yoshli amaliyotchi hamshira kasalxonada zo‘rlanib, o‘ldirib ketildi

31 yoshli amaliyotchi hamshira kasalxonada zo‘rlanib, o‘ldirib ketildi

Hindiston tibbiyot assosiasiyasi Kalkutta shahridagi hukumatga qarashli RG Kar kasalxonasida amaliyotchi hamshiraning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi ortidan butun mamlakat bo‘ylab ish tashlash e’lon qildi.

31 yoshli aspirant xizmat chog‘ida zo‘rlangan va o‘ldirilgan. Uning yarim-yalang‘och jasadi 9 avgust kuni ertalab kasalxonaning seminar xonasida topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hamshira 36 soatlik smenadan keyin u yerda uxlab qolgan. Ayolning tanasida ko‘plab yaralar va bo‘g‘ilish belgilari topilgan.

Jinoyatda gumon qilinib, Kalkutta polisiyasining ko‘ngilli fuqarosi hibsga olingan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonning tirnoqlari ostidan topilgan qon va teri izlari gumonlanuvchining DNKsiga to‘liq mos keladi va u hujum paytida olgan jarohatlariga mos keladi.

Shu hafta boshida Hindiston shaharlaridagi ko‘plab davlat kasalxonalari shoshilinch bo‘limlardan tashqari barcha xizmatlarni to‘xtatdi va kichik shifokorlar jabrlanuvchi uchun adolat talab qilib, norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi.

Namoyishlar asosan tinch o‘tgan bo‘lsada, ular polisiya va noma’lum shaxslarning kichik guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bilan kechdi, ular shifokor o‘ldirilgan kasalxonaga bostirib kirishdi va tez yordam bo‘limini buzib tashlashdi. Olomonni tarqatish uchun polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. To‘qnashuv chog‘ida bir necha polisiya mashinasi shikastlangan. Kichik norozilik namoyishlari Hindistonning boshqa ko‘plab shaharlarida, jumladan Dehli, Haydarobod, Mumbay va Puneda ham bo‘lib o‘tdi.

Bosh vazir Narendra Modi ayollarga qarshi jinoyatlarni qattiq jazolashga chaqirdi.

“Biz jamiyat sifatida onalarimiz, qizlarimiz va opa-singillarimizga qilinayotgan vahshiylik haqida fikr yuritishimiz kerak. Mamlakatda bu borada norozilik bor. Men bu g‘azabni his qilyapman", dedi Modi.

«Ayollarga qarshi jinoyatlar tezda tekshirilishi kerak; ayollarga nisbatan jirkanch xatti-harakatlar qattiq va tez jazolanishi kerak», dedi u.

Kiritildi: 12:41 16.08.2024. O'qildi: 6225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!