Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar 16 soatlik dastur asosida bepul o‘qitiladi

30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar 16 soatlik dastur asosida bepul o‘qitiladi

30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar 16 soatlik dastur asosida bepul o‘qitiladi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi:

«Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.

Markazlar ochishdan asosiy maqsad — nikohlanuvchi fuqarolar ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirib borish, ularni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha bilimlarini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Markazlarda FHDYo organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar 16 soatlik o‘quv dasturi asosida bepul o‘qitiladi.

Shuningdek, o‘ttiz yoshdan oshgan nikohlanuvchi, muqaddam nikoh tuzgan shaxslar, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalar a’zolari ham alohida dastur asosida markazlarda ixtiyoriy o‘qishlari mumkin. O‘quv mashg‘ulotlarida to‘liq qatnashgan tinglovchilarga maxsus sertifikat berilishi nazarda tutilgan».

Kiritildi: 16:26 13.01.2021. O'qildi: 1827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!