Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

30 yil oldin Budapesht memorandumiga binoan yadro qurollaridan voz kechish Kiyevning xatosi edi — Vladimir Zelenskiy

30 yil oldin Budapesht memorandumiga binoan yadro qurollaridan voz kechish Kiyevning xatosi edi — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti bunday fikrni Italiyaning Il Foglio gazetasiga bergan intervyusida bildirdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2014 yilda Qrimni, shuningdek, Donesk hamda Luganskning ayrim hududlarini bosib olganida, Kiyev Budapesht memorandumiga muvofiq xavfsizlikka kafolat beruvchi davlatlarni vaziyatga aralashishga chaqirgan, ammo hech qanday javob bo‘lmagan.

Ukraina yetakchisi uzoq muddatli tinchlikka faqat AQSh yordamida erishish mumkinligini ta’kidladi. U prezident Donald Tramp bilan suhbatida AQSh prezidentidan kuchli harbiy yordam va Rossiya bilan sulh imzolash ehtimolida xavfsizlik kafolatlarini talab qilganini aytdi.

"Biz yadro qurolini urushga almashtirdik. Yadro qurolini ularga sovg‘a qilib yubordik", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 10:03 29.01.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!