Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

3 martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi

3 martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 3 mart kuni soat 09:00dan boshlab jo‘natish mumkin. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.

Shuningdek, arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (hozirda 3,11 mln — 9,24 mln so‘m);

Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7−9,2 baravari (hozirda 3,11 mln so‘m — 10,62 mln so‘m).

Kiritildi: 11:07 03.03.2025. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!