Bugun 25 may haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
🔔 MDH davlatlari va O‘zbekistonda so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni.
BMT – Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kuni.
🌍Xalqaro plastikdan xoli kun.
Rossiya – Filologlar kuni.
🔸Odessada birinchi universitet faoliyatini boshladi (1865).
🔸Vena opera teatri binosi ochildi (1869).
🔸Oscar Uayld ikki yil katorgaga hukm qilindi (1895).
🔸Argentinaning mashhur "River Pleyt" jamoasiga asos solindi (1901).
🔸Jessiye Ouyens yengil atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi (1935).
🔸Iordaniya o‘z mustaqilligini e’lon qildi (1946).
🔸Addis-Abeba shahrida tashkillashtirilgan Afrika davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi I konferensiyada Afrika ittifoqi tashkilot tuzildi va ushbu kun BMT tomonidan "Afrika ozodligi kuni" deb e’lon qilindi (1963).
🔸Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi (1994).
🔸Xakasiya o‘zining birinchi konstitusiyasini qabul qildi (1994).
🔸Shimoliy Koreya sig‘imi 20 kiloton bo‘lgan yerosti yadro sinovlarini o‘tkazdi (2009).
🔹1803-yil: Ralf Uoldo Emerson (1882) – amerikalik shoir, faylasuf, transsendentalizm nazariyasi asoschisi.
🔹1892-yil: Iosip Broz Tito (1980) – taniqli siyosatchi, sobiq Yugoslaviya Xalq Federativ Respublikasi Prezidenti.
🔹1912-yil: Sobir Muhamedov (1978) – kinodramaturg, jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1965).
🔹1919-yil: Mahbuba Qodirova – adabiyotshunos va matnshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995).
🔹1926-yil: Farog‘at Rahmatova (2014) – aktrisa va xonanda, O‘zbekiston xalq artisti (1964).
🔹1971-yil: Kristina Orbakayte – Rus estrada xonandasi.
🔹1971-yil: Jastin Genri – amerikalik kinoaktyor.
🔹1985-yil: Demba Ba – Senegallik futbolchi.