Amerikaning Kaliforniya shtatida 24 kundan beri davom etayotgan, 23 ming gektarga yaqin hududni vayron qilgan va katta zarar keltirgan o‘rmon yong‘inlari nazorat ostiga olindi.
Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish departamenti veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Iton va Paliseydsda yong‘inni o‘chirish ishlari yakunlandi.
Kaliforniyaning turli hududlarini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari 29 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 23 ming gektar maydonga zarar yetkazdi.
Yong‘in 16 mingga yaqin binoni vayron qilgan. Yong‘inlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.