Italiya poytaxti Rimda 23 yoshli albaniyalik yigitdan 200 kilogramm kokain musodara qilindi. Yukning bozor qiymati taxminan 16 million yevroni tashkil qiladi.
Bu haqda Ansa nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kokain 8000 dozaga yetadigan 191 ta paketga qadoqlangan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakning kvartirasini "narkotik moddalarni saqlash uchun haqiqiy logistika markazi" deb ta’riflagan.
Yigitni poytaxt polisiyasi hibsga oldi. Undan to‘pponcha, o‘q-dorilar va taxminan 30 ming yevro naqd pul ham olib qo‘yilgan.