Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

23 noyabr kuni U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi

23 noyabr kuni U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi

2024 yilning 15 aprelidan 3 mayiga qadar Qatar yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turnirda eng yaxshi uchta o‘rinni egallagan jamoa 2024 yilgi Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi, to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoa esa Afrika futbol konfederasiyasi ishtirokichisiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushadi.

Qit’a musobaqasiga qur’a tashlash marosimi 23 noyabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan 14:00da boshlanadi. Timur Kapadze murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan.

1-savatcha: Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Yaponiya.

2-savatcha: Avstraliya, Iroq, Vyetnam, Koreya Respublikasi.

3-savatcha: Tailand, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt.

4-savatcha: Malayziya, Tojikiston, Indoneziya, Xitoy.

Kiritildi: 22:09 20.11.2023. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!