Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

23 mart kuni Ukraina va AQSh rasmiylari Jidda shahrida yana uchrashadi

23 mart kuni Ukraina va AQSh rasmiylari Jidda shahrida yana uchrashadi

Ukraina va AQSh rasmiylari ishtirokida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar 23 mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida davom etadi

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uitkoff Qo‘shma Shtatlar tomonidan Jiddadagi muzokaralarda yana davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols qatnashishini aytdi, lekin Ukraina tomonidan muzokaralarda kimlar ishtirok etishiga aniqlik kiritmadi.

"O‘ylashimcha, Qora dengiz akvatoriyasidagi nishonlar va energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish masalalarida rossiyaliklar bilan allaqachon kelishilgan. Umid qilamanki, ukrainaliklar ham bunga rozi bo‘lishadi", — dedi Uitkoff.

Shuningdek, u AQSh tomonidan taklif etilgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish "energetika va infratuzilma ob’ektlarining himoyasiga" tegishli ekanini ta’kidladi.

Avvalroq Kreml Donald Tramp bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylarga 30 kun davomida Ukraina energetika ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishni buyurganini xabar qilgan edi. Biroq Ukraina tomoni ikki yetakchining suhbatidan bir necha soat o‘tib, fuqarolik infratuzilmasiga qator zarbalar berilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 09:44 19.03.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!