Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

22 yoshli yigit do‘stidan qasos olish uchun uning onasiga uylandi (foto)

22 yoshli yigit do‘stidan qasos olish uchun uning onasiga uylandi (foto)

Voqea bahslashish bilan boshlangandi: 22 yoshli Devid Dobrik va uning do‘sti Jeyson Nesh o‘tgan munosabatlarni muhokama qila boshlashdi. Jeyson do‘stiga uning muammolarini tushuna olmasligini, chunki u ajrashib ko‘rmaganini aytdi. Shu bilan birga Devidga ajrashish uchun avval uylanish kerakligini, u esa uylana olmasligini qo‘shimcha qildi, deb yozadi "Bored Panda".

Devid bu gapga javob qaytarmadi, ammo do‘stidan qasos olish rejasini tuza boshladi. Oradan uch soat o‘tganidan keyin esa u allaqachon Jeysonning onasi — Lorreyn yashaydigan Bostonga yetib borgandi. Devid ayol bilan uchrashib, do‘sti bilan bo‘lgan bahsni gapirib berdi. Keyin esa Lorreynga turmush qurishni va asal oyini Gavayida o‘tkazishni taklif qildi. Buni qarangki, ayol ham bu taklifni qabul qildi.

Jeyson buni hazil tariqasida qabul qildi. Ammo internet foydalanuvchilari "Tvitter"da joylangan surat va postlardan keyin ikkiga bo‘linishdi: kimdir Devidni haqoratlar, yana kimdir ustidan kulardi. Hatto uni qo‘llab-quvvatlaydiganlar ham topildi.

 

Kiritildi: 16:34 23.05.2019. O'qildi: 9313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!