Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

22 nafar bemorning ko‘ziga sun’iy gavhar qo‘yildi

22 nafar bemorning ko‘ziga sun’iy gavhar qo‘yildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida navbatdagi bosqichda imtiyozli tarzda 22 nafar bemorning ko‘zlariga sun’iy gavhar qo‘yish amaliyotlari o‘tkazildi.

Mazkur yuqori texnologiyali operasiyalar Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan tashkil etildi.

Jarrohlik amaliyotlari filialning mohir ko‘z jarrohlari hamda malakali mutaxassis Murodjon Temirov tomonidan muvaffaqiyatli tarzda bajarildi.

Shuningdek, 60 dan ortiq bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.

Filial faoliyatidagi yana bir muhim yangilik — bu shifo maskaniga yangi "Yak" lazer uskunasining keltirilishi bo‘ldi. Bu uskuna yo‘qligi bois yiliga glaukoma va kataraktadan aziyat chekayotgan 500 nafardan ortiq bemor markazga yuborilar edi. Endilikda ko‘zning oldingi qismida bajariladigan bu turdagi operasiyalar viloyatning o‘zida, tig‘siz amalga oshiriladi.

Kiritildi: 21:17 20.11.2023. O'qildi: 949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!