Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

2120 yilda biz qurgan uylarda notanish odamlar yashaydi

2120 yilda biz qurgan uylarda notanish odamlar yashaydi

Yuz yildan keyin, ya’ni 2120 yilda barchalarimiz qarindoshlarimiz bilan birgalikda yer ostida bo‘lamiz. 

Biz qurgan uylarda notanish odamlar yashaydi. Yig‘gan mol-mulkimizga boshqalar egalik qiladi. Biz haqimizda hech narsani eslashmaydi ham. Ichimizda kim ham otasining bobosini eslay oladi. (Bo‘lsa ham juda ozchilik eslaydi).
Bizlar o‘sha paytda satrlarda eslanamiz, ism va shaklimiz unutilgan tarixga aylanadi. Shunday ekan nima uchun kelajakdagi mol-mulkimiz, uylarimiz va ahllarimiz haqida ko‘p bosh qotiramiz. Axir yuz yildan keyin bulardan hech naf yo‘qku?!

Bizning borlig‘imiz koinotning umri oldida bir lahza xolos. Bizning umrimiz uning oldida ko‘z ochib yumgunchalik fursatdir. Bizdan keyin o‘nlab avlodlar keladi. Ular ham dunyoni xuddi biz topshirgandek keyingi avlodga bayroqni topshiradilar. Ular orzularining to‘rtdan birini ham amalga oshirmasdan o‘tib ketadilar. Shunday ekan, dunyodagi haqiqiy hajmimizni bilib olishimiz kerak. U, biz tasavvur qilgandan ham kichikdir.

Yuz yildan keyin zulumot va sukunat ichra yurib, dunyo naqadar haqir ekanini va orzularimiz cho‘pchak ekanini bilamiz. Qani edi umrimizning barchasini jiddiy ishlar, yaxshiliklarni jamg‘arish va solih amallarni qilishga safarbar qilsak edi, deb orzu qilamiz.

Karim Bahriyev

 

Kiritildi: 11:22 14.01.2020. O'qildi: 5744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!