Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

21 sentyabrdan buyon 200 mingdan ziyod rossiyaliklar Qozog‘istonga kirib kelgan

21 sentyabrdan buyon 200 mingdan ziyod rossiyaliklar Qozog‘istonga kirib kelgan

Qozog‘istonga 21 sentyabrdan buyon 200 mingdan ziyod rossiyaliklar kelgan, mamlakatdan chiqib ketganlar soni 147 ming kishini tashkil etdi, deyiladi respublika ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov bergan xabarda.

"Bugungacha 200 mingdan ziyod Rossiya fuqarosi Qozog‘istonga keldi, 147 mingdan ziyod kishi mamlakatdan chiqib ketgan", - dedi Axmetjanov seshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda. Uning izoh berishicha, gap 21 sentyabrdan keyingi davr haqida bormoqda.

Ichki ishlar vazirining aniqlik kiritishicha, ushbu vaqt ichida Qozog‘istondan yetti nafar Rossiya fuqarosi deport qilingan. "Ularning uch nafari chegarani noqonuniy kesib o‘tgan va to‘rt nafari mayda bezorilik qilgan", - dedi Axmetjanov RIA Novosti bergan savollarga javob berar ekan.

21 sentyabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilindi. RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ta’kidlashicha, safarbarlik Ukraina bilan tutash bo‘lgan ming kilometr uzunlikdagi chegaralarni nazorat qilish uchun amalga oshirilmoqda. Safarbarlik jami 300 ming zaxiradagilarni harbiy xizmatga chaqirishni ko‘zda tutadi. 

Kiritildi: 18:18 04.10.2022. O'qildi: 1845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!