Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

2050 yilga borib, 1,2 milliard odam iqlim o‘zgarishi sababli o‘z uyini tark etadi

2050 yilga borib, 1,2 milliard odam iqlim o‘zgarishi sababli o‘z uyini tark etadi


«Tezlik bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda har bir inson, hamma joyda kerakli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishimiz juda muhim», dedi JSST rahbari.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus 2050 yilga borib, iqlim bilan bog‘liq hodisalar tufayli 1,2 milliardgacha odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. JSST rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida iqlim o‘zgarishi oqibatlari haqida o‘z xavotirini bildirdi.

Gebreesus iqlim inqirozi, birinchi navbatda, odamlar salomatligiga, ayniqsa, migrantlarga ta’sir qilishini ta’kidladi.

«Shu sababli, biz migrantlar salomatligini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 29-sonli konvensiya ishtirokchilari konferensiyasida va kelajakdagi COPlarda deklarasiyaga kiritishni talab qilamiz. Tez o‘zgarib borayotgan dunyoda har bir inson, hamma joyda kerakli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishimiz juda muhim», — dedi Gebreesus nashrda.


Kiritildi: Bugun 06:44. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!