Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

2028 yilgi UYEFA Superkubogi Astanada o‘tkaziladi

2028 yilgi UYEFA Superkubogi Astanada o‘tkaziladi

2028 yilgi UYEFA Superkubogi Qozog‘iston poytaxti Astana shahridagi "Astana Arena" stadionida o‘tkaziladi.

Ushbu qaror UYEFA Ijroqo‘mining Saloniki shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi. Hozircha uchrashuvning aniq sanasi e’lon qilinmagan.

UYEFA Superkubogi an’anaviy tarzda Yevropa klub musobaqalarining yangi mavsumini boshlab beradi. Sovrin uchun bitta uchrashuvda avvalgi mavsum Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi g‘oliblari o‘zaro bahs olib boradi.

Kiritildi: 15:01 15.09.2026. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!