Bu haqda Reuters agentligi ismini oshkor etmagan yevropalik diplomatga tayanib xabar bermoqda.
U, shuningdek, Yevroittifoq rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi hozircha aniq emasligini ta’kidladi. Yana bir nechta yevropalik amaldorlar belgilangan muddatni “mutlaqo imkonsiz” deb atadi.
Avvalroq Financial Times Kiyev Vashingtonga yuborgan va Bryussel tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “tinchlik rejasi”ning yangi tahririda Ukraina 2027 yil 1 yanvargacha Yevroittifoqqa qabul qilinishi kerakligi haqidagi band borligi haqida xabar bergan edi.