Swiss Re hisobotiga ko‘ra, asosiy zarar AQShdagi kuchli bo‘ronlar hisobiga to‘g‘ri kelgan — ular bo‘yicha $28 mlrdlik sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan.
Eng vayronkor hodisa esa Venesueladagi zilzila bo‘lgan. Yevropadagi kuchli issiq ham umumiy zarar miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Kompaniya prognozlariga ko‘ra, yilning ikkinchi yarmida ham tabiiy ofatlar xavfi yuqori bo‘lib qoladi. O‘rtacha yillik zararning 58%i ham aynan shu davrga to‘g‘ri keladi.