Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

2026 yildan Saudiyada alkogolli mahsulotlarni cheklangan holda sotish rejalashtirilmoqda

2026 yildan Saudiyada alkogolli mahsulotlarni cheklangan holda sotish rejalashtirilmoqda

Saudiya Arabistonida “Alkogol inqilobi” mamlakat alkogolli ichimliklarga qo‘yilgan 73 yillik taqiqni qisman bekor qilishga tayyorlanmoqda.

Saudiya Arabistoni matbuotining mamlakat rahbariyatiga tayanib xabar berishicha, 2026 yildan boshlab mamlakatda alkogolli mahsulotlarni cheklangan tarzda sotish va iste’mol qilishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Bu faqat 600 ga yaqin tanlab olingan turistik hududlar va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish joylarida amalga oshiriladi. Gap besh yulduzli mehmonxonalar, nufuzli dam olish maskanlari, diplomatik zonalar, shuningdek, Sindala oroli va Neom kabi sayyohlik ob’ektlari haqida bormoqda.

Lisenziyaga ega muassasalar spirtli ichimliklar sotishi mumkin bo‘ladi, ammo tarkibidagi alkogol muqdori 20 foizdan ortiq bo‘lgan ichimliklarga taqiq saqlanib qoladi.

Saudiya Arabistoni hukumatining bunday qarori mamlakatda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan xalqaro tadbirlarga, xususan, 2030 yildagi Expo ko‘rgazmasi va 2034 yildagi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi. Shuningdek, bu Saudiya Arabistonining Vision-2030 nomli milliy iqtisodiy o‘sish rejasi doirasiga kiradi.

Saudiya Arabistonida alkogolli ichimliklarga bo‘lgan taqiq 1952 yildan beri amalda bo‘lib, bu mamlakat fuqarolariga ham, xorijliklarga ham taalluqli hisoblanadi.

Kiritildi: 19:34 26.05.2025. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!