Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

2026 yildan fuqarolar pensiya miqdorini oldindan hisoblay oladi

2026 yildan fuqarolar pensiya miqdorini oldindan hisoblay oladi

O‘zbekistonda 2026 yil bahoridan fuqarolarga kelajakda oladigan pensiyasini oldindan hisoblash imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov ma’lum qildi.

Hozirda jamg‘arma “Mening pensiyam” dasturini ishlab chiqmoqda. Ushbu xizmat orqali fuqarolar o‘z JSHSHIRini kiritib va OneID orqali identifikasiyadan o‘tib, mehnat staji, ish haqi, o‘qish davri, ayollar uchun farzandlar soni, erkaklar uchun harbiy xizmat haqidagi ma’lumotlarni integrasiya asosida olib, bo‘lajak pensiya miqdorini ko‘ra oladi.

Otajonovning aytishicha, dastur pensiya yoshiga yetganda ish staji yetarlimi-yo‘qligini ham ko‘rsatadi. Agar staj kam bo‘lsa, bu fuqarolarni norasmiy sektordan chiqib, rasmiy va yuqoriroq maoshli ishga o‘tishga undashi mumkin.

Dastlab xizmatni 2026 yil 1 sentyabrda ishga tushirish rejalashtirilgan edi. Biroq jarayon tezlashtirilib, aprel–may oylaridanoq amalga joriy etilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:00 11.09.2025. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!