Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar uchun yangi imtiyoz va imkoniyatlar joriy etiladi

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar uchun yangi imtiyoz va imkoniyatlar joriy etiladi

Endi askarlar xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olishi mumkin. Ular uchun harbiy qismlarda tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganlarga foizsiz kredit beriladi. Oliygohga kirgan askarlar o‘qishni tugatgach, zaxiradagi leytenant unvoniga ega bo‘ladi.

Namunali xizmat qilgan va tanlovlarda g‘olib bo‘lganlar testsiz o‘qishga qabul qilinadi.

“Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik kurslar tashkil qilinib, sertifikat beriladi.

Xizmatdan qaytgan yoshlarning kasb o‘rganish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi, davlat ishiga kirishda esa qo‘shimcha 10% ball beriladi.

Shuningdek, harbiylar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” kitobxonlik tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga elektromobil topshiriladi.

Kiritildi: Bugun 16:27. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!