Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi tuzildi (top-5)

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi tuzildi (top-5)

AndroidInsider portali tahriyati «sifati narxiga yarasha» mezoni bo‘yicha eng ishonchli smartfonlar ro‘yxati (top-5)ni tuzdi.

Samsung Galaxy S24 FE — ro‘yxat yetakchisi, flagmanlarga nisbatan arzon, ammo sifati ulardan qolishmaydi. Kuchli akkumulyator, suvdan himoya, yorqin AMOLED-displey va One UI yetti yilgacha yangilanishi kafolatlangan. Yagona kamchiligi sifatida Exynos prosessori ko‘rsatildi, shunga qaramasdan, benchmarklardagi testlarda yomon natija ko‘rsatmadi.

OnePlus Nord 4 (2-o‘rin) kuchli Snapdragon 7 Plus Gen 3 prosessorida ishlaydi, tezkor 100 Vt quvvatlagich, metall korpus hamda «do‘stona» OxygenOS 4 android qobig‘i kabi afzalliklarga ega. Kamerasi o‘rtamiyona ekanligi uning kamchiligi sifatida ko‘rsatilgan.

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi tuzildi (top-5)

OnePlus Nord 4

iQOO Neo 10 5G kuchli uchlikni yopib berdi. Akkumulyatori sig‘imi 6100 mAs, tezkor quvvatlash texnologiyasi (120 Vt), Snapdragon 8 Plus Gen 3 prosessori o‘rnatilgan. Yangilanish sur’ati 144 gersli ekrani va OriginOS 5 qobig‘i ham mutaxassislar maqtoviga sazovor bo‘ldi. Bu smartfonda foto-video sifatidan ko‘ra, «kuchli motor»ga ko‘proq urg‘u berilgan, ya’ni o‘yinlar uchun mos qurilma.

2025 yilning eng ishonchli smartfonlari reytingi tuzildi (top-5)

iQOO Neo 10 5G

Reytingda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar iPhone 15 Plus va Oppo A60 smartfonlariga berildi.

Kiritildi: 04:59 24.03.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!