Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

2025 yilning birinchi yarmida 41 mingdan ziyod ayol himoya orderi oldi

2025 yilning birinchi yarmida 41 mingdan ziyod ayol himoya orderi oldi

Shu yilning yanvar–iyun oylarida 41 051 nafar ayolga tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida himoya orderlari rasmiylashtirildi.

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan 11 914 nafar jabrlangan ayolga kunduzgi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, 4 006 nafar xotin-qizga birlamchi ko‘mak xonalarida ijtimoiy yordam berildi.

Bundan tashqari, ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazlarida 512 nafar ayol hamda 709 nafar farzandlari joylashtirilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Kiritildi: 19:27 31.07.2025. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!