Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
15 fevral kuni Italiyaning Savona portida sodir bo‘lgan portlash Seajewel tankerini shikastladi. Yanvar oyi oxirida Turkiyaning Jeyxan portida Seacharm tankerining portlashi kuzatildi. Fevral oyida esa Liviya qirg‘oqlarida Grace Ferrum kemasi portlash tufayli jiddiy shikastlangan.
Yuqorida nomlari tilga olingan uchchala tanker yaqinda Rossiya portlariga kirgan.
Hodisalarning sabablari hali aniqlanmagan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bu mintaqa uchun so‘nggi bir necha o‘n yillikdagi ilk marta kuzatilgan portlash bilan bog‘liq hodisalardir.