Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

2025 yilda Ukrainaga berilgan yordam 45 milliard dollarga yetishi mumkin

2025 yilda Ukrainaga berilgan yordam 45 milliard dollarga yetishi mumkin

Ukraina 2025 yilda taxminan 45 milliard dollar yordam jalb qilishi mumkin, bu keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri rekord miqdor bo‘ladi.

Bu haqda vazir Denis Shmigal Ukraina mudofaasi bo‘yicha "Rammshteyn" formatidagi aloqa guruhining 32-yig‘ilishida hamkorlarga qilgan murojaatida ma’lum qilgan.

Mudofaa vaziri ittifoqchilarga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, joriy yilda Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish hajmi rekord darajaga yetganini ta’kidladi.

Shmigal, shuningdek, Ukrainaning 2026 yildagi mudofaa ehtiyojlari 120 milliard dollarni tashkil etishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, davlat bu mablag‘ning yarmini o‘z resurslari bilan ta’minlashga tayyor, biroq qo‘shimcha 60 milliard dollar xalqaro hamkorlardan kelishi kutilmoqda.

Shmigal kelasi yil uchun ustuvor vazifalar qatoriga mudofaani barqaror va bashorat qilinadigan moliyalashtirishni ta’minlash, havo mudofaasini kuchaytirish, Ukraina mudofaa ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlash, o‘q-dorilar va uzoq masofali raketalar bilan ta’minlashni qayd etdi. Bundan tashqari, vazir Ukraina Qurolli Kuchlarini samarali ta’minlash uchun PURL mexanizmini amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!