Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka xizmatining xabar berishicha, 2025 yilning birinchi choragida Rossiya armiyasining Ukrainadagi harakati sezilarli darajada sekinlashgan va “hududiy yutuqlar” kamaygan.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil mart oyida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning taxminan 143 kvadrat kilometr hududini egallagan. 2024 yil noyabr oyida esa Rossiya 700 kvadrat kilometrdan ortiq hududni bosib olgan edi. Shundan beri Rossiyaning oldinga siljish sur’ati borgan sari pasayib bormoqda.
Britaniya razvedkasiga ko‘ra, 2025 yil mart oyida Rossiya qo‘shinlarining asosiy harakati Donesk viloyatiga to‘g‘ri kelgan.