Nashr jurnalistlari hujum sifatida dron qulab tushgan yoki nishonga yetib borgan holatlarni hisobga olgan. 2025 yilning to‘liq bo‘lmagan davrida (noyabr oxirigacha) bunday holatlar qariyb to‘rt mingtani tashkil etgan. Dronlar zarbalari Rossiyaning kamida 49 ta hududida, shuningdek annekciya qilingan Qrim va Sevastopolda qayd etilgan.
"O‘rtacha hisobda kuniga taxminan 11 ta dron qulab tushgan yoki nishonga tekkan. Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan urib tushirilgan dronlar soni 52 foizga oshgan", deya qayd etadi “Novaya gazeta Yevropa”.
Bunga parallel ravishda, 2025 yilda Rossiyaga raketa hujumlari deyarli to‘xtagan. O‘tgan yil bilan solishtirganda, ularning soni uch barobardan ko‘proqqa kamaygan. Yil davomida qayd etilgan jami harbiy hodisalar (8,3 mingta) ichida raketa zarbalari atigi 3 foizni (taxminan 250 ta holat) tashkil etgan. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, raketa zarbalarining qisqarishi mart oyidan boshlangan, aynan o‘sha paytda G‘arb Ukrainaga raketa yetkazib berishni kamaytirgan.