Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yil boshidan buyon o‘tgan 358 kun ichida 69 marta magnit bo‘ronlari qayd etilgan. Solishtirish uchun, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 44 tani tashkil etgan.
Jadvalga ko‘ra, XXI asrdagi mutlaq rekord 2003 yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha yili 365 kundan 272 kuni geomagnit faollik bilan o‘tgan.