Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

2025 yil mobaynida Ukrainani tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin

2025 yil mobaynida Ukrainani tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin

Ukrainada 2025 yilda tinch yo‘l bilan kelishuvga erishilishi mumkin.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Kiyevda ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Yoki biz bu urushning davom etishiga ruxsat beramiz yoki shu yil ichida mustahkam tinchlikka erishamiz", - dedi u.

Unga ko‘ra, Turkiya 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralar yuzasidan Ukraina bilan maslahatlashuvlar olib bormoqda. Anqara muzokaralar davomida erishilgan sur’atni mustahkamlashni istaydi.

"Ukrainadagi urushning tanqidiy nuqtasiga yaqinlashmoqdamiz. 16 may kuni Istanbuldagi muzokaralar Ukrainadagi diplomatik kelishuv uchun yangi boshlanish bo‘ldi. Biz Istanbulda erishilgan jadallikni, dinamikani saqlab qolishni istaymiz va muzokaralarning yangi bosqichini qabul qilishga tayyormiz", - dedi u.

Kiritildi: 14:49 30.05.2025. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!