Jahon statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki iyun oyida 9 tonna oltin xarid qilib, dunyodagi eng yirik xaridorga aylandi. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston, u 7 tonna oltin sotib olgan. Chexiya, Turkiya va Xitoy banklari har biri 2 tonnadan oltin xarid qilib, uchinchi o‘rinni bo‘lishgan.
2025 yil iyun oyida jahon bo‘yicha Markaziy banklar jami 22 tonna oltin xarid qilgan.