Prezidentning 2025 yil 2 iyundagi PF-91-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshiriladi.
Pedagog kadrlar uchun yangi maosh miqdori quyidagicha belgilandi:
➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 3 468 585 so‘m;
➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 3 729 906 so‘m;
➖ Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 4 175 834 so‘m;
➖ Birinchi toifali o‘qituvchi – 4 653 151 so‘m;
➖ Oliy toifali o‘qituvchi – 5 142 053 so‘m.