Bryusselda bo‘lib o‘tgan “Ramshteyn” formatidagi uchrashuvning yakuniy matbuot anjumanida berilgan asosiy bayonotlar:
— Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Hilli Ukrainaning ittifoqchilari Kiyevga 21 milliard yevrolik harbiy yordam ajratishga va’da berganini ma’lum qildi;
— Hilli Buyuk Britaniya joriy yilda 4,5 milliard funt sterling (taxminan 5,3 milliard yevro) ajratishini bildirdi. Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, bu rekord darajadagi miqdor hisoblanadi;
— Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Berlin 2029 yilgacha Ukrainaga harbiy yordam uchun avval va’da qilingan yordamga qo‘shimcha ravishda yana 11 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratushini ma’lum qildi;
— Jon Hillining fikricha, 2025 yil Ukrainadagi urush uchun hal qiluvchi davr bo‘ladi, bu paytga kelib Kiyevning ittifoqchilari va ularning mudofaa sanoati qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishi lozim;
— Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov esa Yevropa Kiyevni mudofaa jihatidan qo‘llab-quvvatlashda Qo‘shma Shtatlardan yetakchilikni o‘z qo‘liga olayotganini ta’kidladi. Biroq Umerov AQSh hamon Kiyevning "asosiy hamkori" bo‘lib qolayotganini qayd etdi.