Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

2024 yilning uch choragida Xitoy yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 4,8 foizni tashkil etdi

2024 yilning uch choragida Xitoy yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 4,8 foizni tashkil etdi

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida Xitoy iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 4,8 foizga yetdi.

Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi ma’lum qildi.

Taqsimlangan hisobotda qayd etilganidek, uch chorakda Xitoy yalpi ichki mahsuloti 94,97 trillion yuanni (joriy kurs bo‘yicha taxminan 13,32 trillion dollar) tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi sektori 3,4 foizga (5,77 trillion yuan yoki 810 milliard dollar), sanoat 5,4 foizga (36,13 trillion yuan yoki 5,07 trillion dollar), xizmat ko‘rsatish sohasi 4,7 foizga (53,07 trillion yuan yoki 7,44 trillion dollar) o‘sdi.

Iyul-sentyabr oylarida bu ko‘rsatkich dinamikasi 4,6 foizga yetdi. Bu aprel-iyun oylariga nisbatan 0,1 foizga kam.

Xitoy hukumati xalqaro bozorlardagi beqaror vaziyatda muvaffaqiyatli milliy rivojlanish uchun yangi rag‘batlarni topishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda Xitoy hukumati doimiy ravishda rag‘batlantirish choralari ro‘yxatini kengaytirmoqda, xususan, ichki iste’molni tiklash va moliyaviy risklarni kamaytirishga qaratilgan. Xitoy jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga qariyb 30 foiz hissa qo‘shib, dunyodagi yetakchi iqtisodiyot bo‘lib qolmoqda.

Davlat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 2022 yilda 3 foizga, 2023 yilda esa 5,2 foizga (126,05 trillion yuan yoki taxminan 17,7 trillion dollar) yetdi. 2024 yil uchun rasmiy maqsad 5% etib belgilangan.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!