Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

2024-yilning oktyabr oyida avtomobillar narxi tahlil qilindi

2024-yilning oktyabr oyida avtomobillar narxi tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning oktyabr oyida avtomobillar narxi tahlil qilindi.

2024-yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida "Lacetti", "Damas", "Labo" narxlari pasayishda davom etdi. "Spark"ning o‘rtacha narxi biroz ko‘tarilgan bo‘lsa, "Cobalt" va "Nexia" narxlarida deyarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko‘p foydalanilgan "Lacetti", "Damas", "Labo" avtomobillarining o‘rtacha narxlari sentyabr oyidagiga nisbatan mos ravishda 1,5 foizga, 6,3 foizga va 2,0 foizga pasaygan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilganlarining narxlari mos ravishda 0,3 foizga, 0,6 foizga va 3,5 foizga arzonlashdi. Ko‘p foydalanilgan "Spark" avtomobilining o‘rtacha narxi 2,2 foizga, o‘rtacha foydalanilganining narxi 2,9 foizga oshgan bo‘lsa, "Cobalt" va "Nexia" narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Mahalliy ommabop avtomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:

“Lacetti”: kam foydalanilgan - $15 236 ($15 452), ko‘p foydalanilgan - $13 300 ($13 500);

“Damas”: kam foydalanilgan - $8 250 ($8 300), ko‘p foydalanilgan - $7 500 ($8 000);

“Spark”: o‘rtacha foydalanilgan - $10 500 (sentyabr oyida – $10 200), ko‘p foydalanilgan - $9 200 ($9 000).

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Joriy yilning oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan "Equinox" narxi sezilarli o‘zgargan bo‘lsa, "Malibu" va "Tracker" narxlari deyarli o‘zgarmadi. Jumladan, mazkur davrda kam va o‘rtacha foydalanilgan “Equinox”ning o‘rtacha narxlari sentyabr oyidagiga nisbatan mos ravishda 1,5 foizga va 6,3 foizga arzonlagan bo‘lsa, ko‘p foydalanilganining narxi 1,9 foizga oshdi.

"Equinox” uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha:
kam foydalanilgan - $33 000 ($33 500), o‘rtacha foydalanilgan - $30 000 ($32 000); ko‘p foydalanilgani- $27 000 ($26 500).

Elektomobil narxlari: Joriy yilning oktyabr oyida elektromobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan, ko‘p foydalanilgan BYD "Han" avtomobilining o‘rtacha narxi 10,2 foizga, o‘rtacha foydalanilganining narxi 2,6 foizga hamda yangisining narxi 2,2 foizga pasaydi. O‘rtacha foydalanilgan BYD "Song Plus EV Chempion"ning narxi 7,5 foizga, yangisiniki 1,2 foizga arzonlashdi.

Elektomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o‘rtacha narxlar quyidagicha:

BYD "Han": ko‘p foydalanilgan - $31 450 ($35 000), o‘rtacha foydalanilgan - $37 000 ($38 000);

BYD "Song Plus EV Chempion": o‘rtacha foydalanilgan - $27 500 ($29 750); yangi- $29 000 ($29 350)

"Random Forest" modeli: avtomobillar narxiga ta’sir etuvchi omillar. “Malibu” va “Tracker”ning narxiga ularning bosib o‘tgan masofasi yuqori darajada ta’sir etib, ishlab chiqarilgan yili katta ta’sir etmasligi aniqlandi.

Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
➖ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar –“Kam foydalanilgan”;
➖ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar-“O‘rtacha foydalanilgan”;
➖ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km. dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – “Ko‘p foydalanilgan”.

Avtomobillar narxini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, sentyabr oyi uchun 8,4 mingta, oktyabr oyi uchun 16,0 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi. Shuningdek, avtomobillar narxiga ta’sir etuvchi omillar "Random Forest" modeli yordamida aniqlandi.

Kiritildi: 10:56 12.11.2024. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!