Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

2024 yilning eng kuchli futbol klubi nomi e’lon qilindi

2024 yilning eng kuchli futbol klubi nomi e’lon qilindi

Madridning "Real" klubi IFFHS talqini bo‘yicha 2024 yilgi eng yaxshi jamoalar reytingida yetakchilik qildi.

Karlo Anchelotti jamoasi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi tomonidan tayyorlangan 700 ta klub ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda "qaymoqranglilar" o‘z saytlarida aytib o‘tgan.

Madrid beshinchi marta IFFHS tomonidan eng yaxshi jamoa deb topildi - bu avvalgi marta 2000, 2002, 2014 va 2017 yillarda sodir bo‘lgan.

2024 yilda "Real Madrid" 5 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: Chempionlar ligasi, La Liga, Ispaniya Superkubogi, UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubok.

Kiritildi: 21:13 18.01.2025. O'qildi: 3066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!