2024 yilning 1 yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.
Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.