Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 103 ta davlat tashkilotining (jumladan, 14 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:
▫️41 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
▫️53 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
▫️9 tasi “qoniqarsiz” – (55 balldan past).
Tahlillar ko‘rsatishicha, bu yil reyting natijalari o‘rtacha 73,8 ballni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 4,9 ballga (95 ta davlat tashkiloti tomonidan o‘rtacha 68,9 ball), 2022-yilga nisbatan esa 14,3 ballga (62 ta davlat tashkiloti tomonidan 59,5 ball) oshgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan baholash natijalariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichlar:
➖ "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ – 96 ball;
➖ Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi – 95 ball;
➖ Markaziy bank – 94 ball.
Eng past natijalar:
➖ Agrosanoatni rivojlantirish agentligi – 9 ball;
➖ G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi – 17 ball;
➖ Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – 26 ball.