Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

2024 yilda Trampga qilingan suiqasdda Maxfiy xizmatning xatolari fosh qilindi

2024 yilda Trampga qilingan suiqasdda Maxfiy xizmatning xatolari fosh qilindi

AQSh Maxfiy xizmati 2024 yil iyul oyida bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydi, natijada o‘sha paytdagi Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga qilingan suiqasdning oldini olishning iloji bo‘lmadi.

Ushbu topilmalar AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Bosh inspektori idorasi tomonidan tuzilgan hisobotda keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, "Maxfiy xizmat 2024 yil 13 iyulda bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingi paytida Trampga qarshi Tomas Kruksning suiqasd urinishini aniqlash, oldini olish va to‘xtatish uchun bir nechta imkoniyatlardan foydalana olmadi". Hisobotda Maxfiy xizmat agentlari Kruksning hududni tekshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanishini qayd eta olmagani alohida ta’kidlangan. Bunga bitta agentning yetarlicha tayyorlanmaganligi, shuningdek, "texnik uskunalarning nosozligi" sabab bo‘lgan.

Hujjatda shuningdek, Maxfiy xizmat vakillari "mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan qo‘shma operasiyalar markazini tashkil eta olmagani" ta’kidlangan. Natijada, ular ko‘plab guvohlar Kruksning xatti-harakatlarini shubhali deb baholaganligi haqida ma’lumotdan mahrum bo‘lishdi. Bundan tashqari, voqea joyida yetarlicha agentlar yo‘q edi va Kruks joylashgan binoning tomidan otishma xavfini bartaraf etish uchun yetarli choralar ko‘rilmadi.

Trampga suiqasd 2024 yil 13 iyulda sodir bo‘lgan. Siyosatchi yengil jarohat olgan - o‘q uning qulog‘ini teshib o‘tgan. Otishmani uyushtirgan 20 yoshli AQSh fuqarosi Tomas Metyu Kruks Maxfiy xizmat agentlari tomonidan o‘ldirilgan.

Kiritildi: 10:31 03.07.2026. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!