Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

2024-yilda Rossiyadan 90 mingga yaqin muhojir deportasiya qilinadi

2024-yilda Rossiyadan 90 mingga yaqin muhojir deportasiya qilinadi

2024 yilda sud ijrochilari Rossiyadan deyarli 90 ming muhojirni majburan deportasiya qilishgan. Bu haqda Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati direktori Dmitriy Aristov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“2024-yilda Rossiya Federasiyasidan 66 ta xorijiy davlatga 87 mingdan ortiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar chiqarib yuborildi, bu 2023-yilga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘pdir”, — dedi u.

FSSP rahbarining ta’kidlashicha, xorijliklarning aksariyati MDH mamlakatlariga: Ozarbayjon, Belarus, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonga deportasiya qilingan.

Kiritildi: 14:45 15.02.2025. O'qildi: 1767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!